PortSIP dasturini qanday sozlash mumkin?
1. https://play.google.com/store/apps/details?id=com.portgo shu link orqali yoki Play Store’dan qidirish orqali PortSIP dasturini o’rnating:

2. Dastur o‘rnatilgandan so‘ng uni oching:

3. Kirish uchun kerakli ma’lumotlarni to’ldiring:

- Username: Operatorning ichki raqami(misol sifatida 100 ko’rsatilgan, operatorlarning ichki raqamlari kabinetda ko’rsatilgan bo’ladi).
- Password: Ichki raqamning paroli.
- SIP Domain: UTeL kabinetning domeni.
4. Qo’shimcha sozlamalar:
“Sign in” tugmasini bosishdan avval “Advanced” tugmasini bosish orqali qo’shimcha sozlamalarga kiring.
Quyidagi sozlamalarni tekshiring va rasmda ko’rsatilgandek sozlang.
Muhim! “Transport Protocol” bo‘limida UDP tanlangan bo‘lishi kerak.


5. Dasturning asosiy oynasi:

6. Dasturning sozlamalari:
Dasturning sozlamalariga o’tish uchun “Settings” ya'ni Sozlamalarni bosish orqali o’tish kerak.

7. “Account” bo’limi:
Bu bo’lim hisob haqida malumot beradi.
Do Not Disturb – bu tugmaning vazifasi qo’ng’iroqlar qabul qilishni o’chirish, odatda tushlik yoki tanaffus vaqtida yoqib qo’yiladi.
Eslatma: Do Not Disturb funksiyasi yoniq holatda qolib ketmasin, aks holda kiruvchi qo’ng’iroqlarni qabul qilib bo’lmaydi!
“Sign out” tugmasini bosish orqali hisobdan chiqib ketsangiz bo’ladi.

8. Kodeklar bo’limi:
Bu bo’limga kirish uchun “Codecs” ni bosish orqali kirishingiz kerak.
Bu bo’lim sozlamalari rasmda ko’rsatilgandek bo’lishi kerak.

9. “Advanced” bo’limi:
Bu bo’limga kirish uchun “Advanced”ni bosish orqali kirishingiz kerak.
Va bu bo’limning sozlamalari rasmda ko’rsatilgandek bo’lishi kerak.



